O‘simliklardan ajratib olingan tabiiy birikmalar yuqori biologik faollikka ega
bo‘lib, bunday birikmalar orasida terpenoidlar va ularning hosilalari alohida o‘rin egallaydi. Dorivor
o‘simliklarning shifobaxshligi ularning kimyoviy tarkibi ya’ni alkaloidlar, flavonoidlar, vitaminlar,
uglevodlar va boshka moddalar borligi bilan belgilanadi. Ana shunday o‘simliklardan biri “Mentha
piperita” o‘simligi bo‘lib, o‘simlik yer ustki qismidan ajratib olingan efir moyining asosini monoterpen
mentol moddasi tashkil etadi. Yalpiz moyi o‘simlikning bargidan va boshqa yer ustki qismidan ajratib
olinadi, uning tarkibini 50% ini mentol, 9% ini sirka kislota va valerian kislotaning mentol bilan hosil
qilgan efirlari tashkil etadi. Ushbu maqolada monoterpenoid mentolning ayrim dikarbon kislotalar bilan
hosil qilgan birikmalarining ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.
Olingan birikmalarning kimyoviy tuzilishini mass-spektroskopiya usuli asosida olingan natijalar asosida
tahlil qilish natijalari keltirildi.