Tajribalarda toza ksilolning 995,2 sm-1 polosasining parallel va perpendikulyar
tashkil etuvchilari o‘rganildi. Bu tashkil etuvchilarning maksimumlari bir-biridan 0,9 sm-1 ga farq
qiladi va anizotrop tashkil etuvchisi yuqori chastota tomonga siljishi kuzatilgan. Polosaning yarim
kengligi 3,8 sm-1 ga teng. Shu bilan birga ishda ksilolning 995,2 sm-1 polosasi protonodonor
xususiyatiga ega bo‘lgan nitrometan bilan eritmasi o‘rganildi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, eritma
miqdori 0,5+0,5 m.u. bo‘lgan vaqtda spektral chiziqning maksimumi yuqori chastota tomon siljishi
kuzatildi. Hisoblashlarda monomerga 1019,8 sm-1 polosa va dimerlarga esa 1068,1 sm-1 va 1101,9 sm-1
polosalar mos kelishi namoyon bo‘ldi.