Immunoferment tahlili bugungi kunda tibbiyot sohasida turli xil infeksion
kasalliklarni, gormonlar va dorivor vositalar tashxisida, oqsillarning miqdoriy tahlilida katta o’ringa
egadir. Shu nuqtai nazardan bu tahlil uchun kon’yugatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb
hisoblanadi. Kon’yugatlarni olishda turli xil fermentlardan foydalaniladi, lekin xren peroksidazasini
antitanalarga qo’shish uslubi glutar aldegidi uslubi asosida olib boriladi. Maqolada glutar aldegidi
asosida peroksidaza fermentini antanalarga kon’yugirlash uslubi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.