Ma'lumot

SUG’ORILADIGAN YERLARDA O’SUVCHI BUG’DOYNING PARAZIT FITONEMATODALARI

N.H.Hakimov, Sh. R.Abdullayeva, S.B.Narzullayev


2015-2016-yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar davomida Samarqand viloyatining
Tayloq tumanida yetishtiriladigan bug’doyning (Tanya navi) nematodafaunasi o’rganildi. Tadqiqot natijasida
bug’doy o’simligi va rizosfera tuprog’ida topilgan nematodalar 81 turdan iborat bo’lib, ular nematodalar 3 ta
sinfi va 9 ta turkumiga mansubligi aniqlandi. Turkumlar orasida Panagrolaimida turkumi o’z tarkibidagi
turlar soni bilan boshqa turkumlardan dominanatlik qilishi aniqlandi. Nematodafauna tarkibidagi turlar
o’simlikning vegetativ a’zolari va rizosferasi tuprog’i qatlamlari bo’yicha notekis tarqalganligi ma’lum
bo’ldi. Eng kam turlar va ularning individlar o’simliklarning yer ustki vegetativ a’zolarida, eng ko’p turlar va
individlar ildiz atrofi tuprog’i qatlamlarida joylashganligi ma’lum bo’ldi. Bug’doy nematodafaunasi
tarkibidagi turlarning oziqlanish usuli va o’simlik bilan biosenotik munosabatiga binoan 8 ta ekologik
guruhga ajratildi. Ushbu guruhlar orasida o’simlik bilan yaqin yoki bir jamoa bo’lib yashovchi va parazit
fitonematodalar ekologik guruhlarga mansub nematodalar eng ko’p turlarni o’z tarkibiga olishi ma’lum
bo’ldi.



None

203 Ko'rishlar | 141 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish