Mazkur maqolada matn komponentlarining sintaktik munosabatini
shakllantiruvchi vositalardan kirish so‘z va birikmalar xususida fikr yuritilgan. Jumladan, kirish so‘z
va birikmalarning nafaqat semantik, balki sintaktik vazifa ham bajarishi, ular mavqei jihatidan
bog‘lovchilarga yaqin turishi to‘g‘risida ayib o‘tilgan. Kirish so‘z va birikmalarning sintaktik faolligi,
ayniqsa, matn shakllanishi jarayonida yanada salmoqliroq tus olishi, zotan, bunda ular muayyan bir
gap doirasida emas, balki gaplararo hududda sintaktik faollik ko‘rsatishi va aksariyat hollarda
jumlaning boshlanish qismida kelishi dalillangan.