Maqolada inson lingvokognitiv faoliyati, borliqni sezgilar vositasida qabul qilishi,
uni tafakkurdagi kognitiv jarayonlar yordamida anglashi, modellashtirishi jarayoni haqida so`z
yuritiladi. Inson borliqni diffuz so`z, obrazli kod kabi tushunchalar ko`rinishida tilga ko`chirib,
tafakkuridagi ma’lumotni verballashtiradi. Ishda asosan bola ongida kechuvchi borliqni idrok etish va
uni tilga ko`chirish jarayoni tahlil qilinadi.