Ushbu maqolada oilaning yuzaga kelish tartiblari, oilada odob-axloq qoidalariga
mukammal tarzda amal qilish natijasida mustahkam oilaning bunyod bo‘lishi, oila va farzandlar
kamoli, yurt tinchligi, rivoji oiladagi ta’limi va tarbiyaga bog‘liqliqligi haqida bayon qilingan. Oila
asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining holatiga bog‘liq. Oila va farzand tarbiyasi erkak yo ayolning ulardan har ikkalasidan birining zimmasidagi mas’uliyat emas, aksincha ularning har – biriga tegishli ekanligi qimmatli ma’lumotlar asosida yoritilgan.