Ishda atsetilenni katalitik gidroxlorlash reaksiyasi uchun yuqori faollikka va
unumdorlikka ega bo‘lgan nanokataliztor olish texnologiyasi yoritilgan. Yaratilgan nanokatalizator
ishtirokida reaksiya tezligiga turli omillarning ta’siri o‘rganilgan va jarayonning borish mexanizmi
taklif etilgan. Adabiyotlardan ma’lum bo‘lgan kinetik tenglamalar adekvatligi tekshirilgan va
atsetilenni gidroxlorlash reaksiyasini qanoatlantiradigan kinetik tenglama tavsiya etilgan.