Maqola ikki va uch qatlamli duragay qoplamalarni fizik-kimyoviy hossalariga
bag’ishlangan bo’lib, tekshirish obyekti qilib, ko’pqatlamli TiN/Al2O3 va TiNi/Cr asosiga yotqizilgan
omuxta nanokompozit qoplama tadqiqot natijalarining qisqacha bayoni keltirilgan. Shuningdek,
maqolada po’lat AlSi-321 namunasiga qoplangan duragay materiallarni korroziyaga chidamlilik
natijalari keltirilgan. Bundan tashqari tekshirilayotgan materiallarni Rezerford teskari sochilishi
(ROR), dispersion mikroanaliz, nano va mikro qattiqlikni o’lchash natijalari taxlil etilgan.