Kremniyda termodonor-I (TD-I) ning paydo bo‘lishining mavjud mexanizmlari
qiyosiy bayon qilingan. Kremniyning elektr o‘tkazuvchanligiga kislorodning ta‘sir mexanizmi haqida
ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar muhokama qilingan. Kremniyda paydo bo‘luvchi
termodonorlarning tabiati, strukturasi to‘g‘risidagi dunyo olimlari tomonidan taklif etilgan modellar
keltirilgan.