Ma'lumot

YARIM OʻTKAZGICHLARDA ULTRATOVUSHNING YUTILISHIDAGI NOCHIZIQLI EFFEKTLAR HAQIDA

O. Pardayev, M. Shoimov


Toʻlqin uzunligi elektronlarning diffusion uzunligidan ancha kichik,lekin ularning
erkin chopish uzunligidan ancha katta boʻlgan tovush toʻlqinining yarimoʻtkazgichlarda yutilishida
yuzaga keladigan nochiziqli effektlarga tovush yaratgan elektr maydoni tomonidan elektronlarning
qizishining ta’siri qarab chiqilgan.Elektronlar energiyasining ortishi bilan impulsning relaksatsiya vaqti
sochilishning yetarlicha tez oshadigan ayrim mexanizmlarida tovush yutilishi koeffitsiyentining
elektronlarning tovush toʻlqini tomonidan qizdirilishiga juda ta’sirchan boʻlishligi,ya’ni yutilishning
nochiziqli koeffitsiyentining chiziqli yutilish koeffitsiyentidan qizish parametrining hatto kichik
qiymatlarida ham sezilarli farq qilishi koʻrsatilgan.Oʻrganilgan sharoitlarda tovush yutilishining
nochiziqli koeffitsiyentining tovush intinsivligi va chastotasidan qanday bogʻliq boʻlishligi qarab
chiqilgan.



None

168 Ko'rishlar | 105 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish