Ishda “Zol-gel” texnologiyasi asosida atsetilenni katalitik atsetillash reaksiyasi
uchun yuqori unumdorlik, faollik va selektivlikka ega bo‘lgan nanokatalizator yaratilgan. Tanlangan
yuqori katalitik faollikka ega bo‘lgan (ZnO)x∙(CdO)y∙(ZrO2)z/keramzit tarkibli katalizatorning tekstur
xarakteristikalari o‘rganilgan. Yaratilgan nanokatalizator ishtirokida vinilatsetat sintezi jarayoni
kinetik qonuniyatlari o‘rganilib, jarayonning material balansi hisoblangan hamda bug‘ faza vinilatsetat
sintezining takomillashtirilgan texnologik sxemasi taklif etilgan.