Ftal kislotasi dikaliyli tuzining xlorsirka kislotasi etil- va butil- efirlari bilan
dimetilformamid erituvchisi ishtirokidagi reaksiyalari o‘rganilgan. Reaksiyalarda etil- va butilefirlarining
deyarli bir xil reaksion qobiliyatga egaligi tajriba natijalari orqali ko‘rsatilgan. Olingan
birikmalarning tuzilishi IQ-spektroskopiya usuli bilan tasdiqlangan.