Mazkur maqolada mamlakatimizda istiqlol davrida shakllangan yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda ma’naviy omillarning oʻrni va ahamiyati bilan bogʻliq masalalar haqida qisqa fikr yuritilgan. Unda mustaqillik yillarida bu sohada oʻzgarishlarning mazmunmohiyati tizimli ravishda koʻrib chiqilgan hamda ularning natijalari xususida muayyan xulosalar chiqarilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarga oid davlat siyosatining ma’naviy omillari samarasini oshirishga qaratilgan ishlarning ahamiyati koʻrsatib berilgan.