Mazkur maqolada tarjima nazariyasi tamoyillari va tarjimashunoslikning
shakllanish tarixi haqida ilmiy ma’lumotlar yoritilgan. Tarjima nazariyasi tarjimada uchraydigan
muammolarni hal qilishda yordam beradi. U o‘z obyektiga ega. Tilning ijtimoiylashuvini va u bilan
aloqador bo‘lgan tillarni o‘rganuvchi sotsiolingvistika ham tarjima nazariyasi bilan bevosita
bog’liqdir. Tarjima nazariyasi tarjima maktablarining asosiy tamoyillari va faoliyati bilan tanishadi.
Xorijiy tilni mukammal o‘rganishga va ona tilini chet tili bilan qiyoslashda ular o‘rtasidagi farq va
o‘xshashliklanii aniqlashga imkon tug‘diradi.