Maqolada sotsial destruksiyaning mazmuni va asosiy ko’rinishlari haqida
mulohaza yuritiladi. Muallifning fikriga ko’ra, sosial destruksiya jamiyat ijtimoiy sohasining o’ziga
xos xususiyatlarini yemirishga, uning barqarorligini buzishga yo’nalgan turfa omillarda namoyon
bo’ladi. Uning asosiy ko’rinish-lari milliy o’ziga xoslikni yemiruvchi, oila instituti inqiroziga olib
keluvchi, ijtimoiy guruh va sinflar manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni buzuvchi, ta’lim, sog’liqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot tizimlari salohiyatini yemiruvchi, madaniyat muassasalari faoliyati
samarasini tushiruvchi, fuqarolar maishiy turmush darajasini pasaytiruvchi omillar bilan bog’liq.