Ma'lumot

IKKILAMCHI NOMINATSIYA VOSITALARINING DERIVATSION MOHIYATI VA ILMIY TALQINLARI

A.A.Rahimov


Jahon tilshunosligida sistem-struktur tilshunoslikdan keyin yuzaga kela boshlagan
generativ nazariya, psixolingvistika, lingvokognitologiya, lingvokulturologiya, pragmalingvistika va
kompyuter lingvistikasi singari zamonaviy yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan antropotsentrik tamoyillar
va tadqiqot usullari til yoki nutq birliklarini lingvistik tahlil qilish orqali inson lisoniy faoliyati haqida
to‘laqonli tasavvur hosil qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu yondashuvlarga ko‘ra, til faoliyatini
antropotsentrik talqin qilishning muhim shartlaridan biri insonshunoslik fanlarida qo‘lga kiritilgan
natija va yutuqlarni lisoniy faoliyat tadqiqiga jalb etgan holda, mazkur faoliyatning samarali
kechishini ta’minlaydigan vositalarni o‘rganish bilan bog‘liqdir.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v2.1322.48

257 Ko'rishlar | 177 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish