Ushbu tadqiqot ishida, konussimon elastik qatlamning buralma tebranishlari tenglamalari, masalaning matematik jihatdan aniq qo‘yilishi va uning Fur’e hamda Laplas almashtirishlaridagi umumiy yechimi asosida, qobiqlarning klassik va S.P.Timoshenko tipidagi aniqlashtirilgan nazariyalarida qo‘llaniluvchi gipoteza va farazlardan foydalanmagan holda ishlab chiqilgan. Olingan natijalardan xususiy hollarda ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan sterjen, silindrik qobiq, ko‘ndalang kesimi bo‘ylama koordinata bo‘yicha oshib yoki kamayib boruvchi konussimon qatlam hamda qobiqlar tebranish tenglamalari keltirib chiqarilgan. Tenglamalarning yechimlari asosida qaralayotgan sistema kuchlangan-deformatsiyalangan holatini uning istalgan kesimida, koordinata va vaqt bo‘yicha talab qilingan aniqlikda hisoblashga imkon beruvchi algoritm taklif etilgan.