Kuchsiz legirlangan va kompensatsiyalangan yarim
o‘tkazgichlarda past temperaturalarda erkin zaryad tashuvchilar tomonidan
ultratovushning yutilish nazariyasi qarab chiqilgan. Bunda sakrab yutilish bilan bir vaqtda
katta masshtabli potensial relyefda joylashgan elektronlar tomonidan sodir bo‘ladigan
yutilish sezilarli ulush qo‘shishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Berilgan bunday ulushning turli
chegaraviy hollarda chastota va temperaturaga qanday bog‘langanligi tahlil qilingan, bunday
bog‘lanishlarning sathlarda oquvchan elektro n lar hamda sakrashda yuzaga keladigan yutilishlarda
kuzatiladigan bog‘lanishlardan sezilarli darajada farq qilishi aniqlangan.