Taqdim etilayotgan maqola Yirtqich-qurbon prinsipi asosida o‘zaro munosabatda
bo‘lgan 3-ta populyatsiyalar dinamikasini matemetik modeli bo‘lgan umumlashgan Lotka-Volterra
sistemasining sifat tadqiqotiga bag‘ishlangan. Sistema 12 ta parametrdan iborat. Maqolada parametrlar
fazosida shunday sohalar mavjudki ularda sistemani 3-o‘lchovli limitik sikli mavjudligi isbotlangan.
Tadqiqotlar oddiy differensial tenglamalarning sifat va bifurkatsiya nazariyalariga asoslangan hamda
sonli tadqiqotlar kompyuter algebrasi tizimlari va differensial tenglamalarning taqribiy yechimlarini
hisoblash usullari yordamida EHMlarda o‘tkazildi.