Zamonaviy raqamli jamiyatda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchli va tezkor integratsiyasi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarning turli tashkilot va idoralarda tarqoq holda saqlanishi va axborot tizimlari o‘rtasidagi integratsiyaning mavjud emasligi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada xorijiy tajribada ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda yig‘ish va qayta ishlashning nazariy asoslari tahlil qilinadi hamda integratsion yondashuvlarning afzalliklari va ilg‘or amaliyotlar yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda milliy axborot tizimlarini shakllantirish va rivojlantirishda oliy malakali kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiyalashning ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tahlillar va o‘rganishlar asosida tadqiqotning maqsad va vazifalari shakllantirilgan.