Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida lokativlik adessiv semaning variantlari: konnotativ, fakultativ va adverbial variantlari chuqur tahlil qilingan. Har bir variantning modellari taqdim etilgan. Har ikkala tilda lokativ semani ifodalovchi leksemalarni hisobga olish ancha murakkab, chunki lokativlikni ifodalovchi leksik material umumlashgan bo‘lib, leksemalarning individual ma’nosiga to‘liq tobe emas. Lekin adessiv semani ifodalovchi substantiv leksemalar turli xil semantik guruhlardan bo‘lishi mumkin. Maqolaning nazariy tomoni ko‘plab misollar bilan isbotlangan.