Ushbu maqolada Gossypium turkumi butun bargli gʻoʻza vakillarining, tarqalishi, botanik tavsifi, biologik xususiyati, xoʻjalik ahamiyati boʻyicha ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Gossypium L. turkumiga mansub (G. Davidsonii Kell., G. Klotzschianum Anderss, G. Raimondi Ulbr.) turlarini eksperimental poliploidiya usullaridan foydalanish asosida gʻoʻzaning turli genomli geksaploid duragaylar olish, ularning qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha tanlov ishlarini davom ettirish, ularning irsiyatini chuqurroq oʻrganish asosida oʻzida qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlarni mujassam etgan yangi genotiplarni ajratib olish va ularni genetik-seleksion dasturlarda keng genetik asosga ega boʻlgan yuqori mahsuldor va yuqori sifatli yangi navlar yaratishda dastlabki manba sifatida samarali foydalanish mumkin.