Ma'lumot

TURLICHA SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA SORGHUM TURKUMI TURLARINING SUV SAQLASH XUSUSIYATLARI

Avutxonov B.S.


Ushbu maqolada turli darajada sho‘rlangan va suv bilan turlicha ta’minlangan  tuproqlarda yetishtirilgan Sorghum turkumi (Sorghum spp.) turlarining suv saqlash xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xloridli va sulfat tuzlari bilan kuchsiz, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan tuproqlar sharoitida Sorghum turkumiga mansub Kolumb o‘ti, Yapon jo‘xorisi  va jo‘xorining  mahalliy “Qorabosh” navi ustida tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar natijasida sho‘rlanishning ortib borishiga mos ravishda o‘simliklarning suvni saqlash xususiyati ham ortib borishi aniqlangan. Tuproqlarning xloridli sho‘rlanishi sulfatli sho‘rlanishqa nisbatan o‘simliklar tanasida kechadigan fiziologik jarayonlariga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. Kolumb o‘tining suvni saqlash xususiyati va tuproq sho‘rlanishiga chidamliligi Yapon jo‘xorisi  va jo‘xorining  mahalliy “Qorabosh” naviga nisbatan yuqori ekanligi tajribalar natijasida isbotlangan. Tadqiqot natijalari iqlim o‘zgarishi sharoitida yem-xashak ekinlarining sho‘r yerlarda yetishtirilishini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.



None

88 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish