Ushbu maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) ning mahalliy va xorijiy nav va namunalari urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligi va unish energiyasi, dala sharoitida esa qimmatli xo‘jalik belgilari (o‘simlik bo‘yi, shox soni, ko‘sakchalar soni, 1 ta ko‘sakchadagi urug‘ soni, 1000 ta urug‘ og‘irligi, 1 tup o‘simlikdagi urug‘ og‘irligi) ni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar hamda fenologik kuzatuvlar natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan.