Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududida tarqalgan Gnaphosidae oilasi oʻrgimchaklarining zoogeografik tarkibi oʻrganildi. Tadqiqot 2023–2025-yillarda oʻtkazilgan dala ekspeditsiyalari hamda mavjud ilmiy manbalar materiallariga asoslangan. Oʻzbekiston hududida Gnaphosidae faunasi 59 turdan iboratligi aniqlandi. Ushbu turlar zoogeografik tarqalish xususiyatlariga koʻra 5 ta arealogik guruh va 17 ta areal tipiga boʻlingan.