Ushbu maqolada Novosibirsk davlat texnika universiteti yuqori texnologiyalar laboratoriyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Olin” deb nomlanuvchi probiotikli qoʻshimcha ozuqa vositasining quyonlar organizmidagi tirik vaznining oʻzgarish dinamikasiga, mahsuldorlik koʻrsatkichlariga va goʻshtining sifat koʻrsatkichlariga ta’sirini oʻrganish boʻyicha bajarilgan tadqiqot ishlarining natijalari keltirilgan. Tekshirishlar natijasida olingan ma’lumotlar ishonchli ravishda koʻrsatmoqdaki shinshilla zotli quyonlarning kunlik rasioniga 1 kg tirik massasiga 0,03 g gacha “Olin” probiotigini qoʻshish ularning tirik vaznining oshishini ta’minlaydi, organizmining chidamliligini oshiradi, quyonlarning kasalliklarga chalinish foyizini pasaytiradi, quyonlarni goʻsht mahsuldorligi bilan olinadigan daromadni oshiradi.