Morfometrik belgilar turlarning aniq yashash muhitlariga adaptasiyasini tavsiflaydigan muhim koʻrsatkichdir. Maqolada donli ekinlarning potensial zararkunandasi boʻlgan janub don vizildog’i - Zabrus morio ning morfometrik koʻrsatkichlari va ularning variasiyasi tahlil qilinadi. Qoʻng’izlarda eng yuqori variasiya boshning uzunligida (Cv=10,2 %), eng past variasiya (Cv=5,5 %) koʻrsatkichi esa ustqanotlar kengligida namoyon boʻladi. Ustqanotlar uzunligi va tananing umumiy uzunligi oʻrtasida eng yuqori korrelyasion bog’liqlik (r=0,93) aniqlangan boʻlsa, eng past korrelyasion bog’liqlik (r=0,49) bosh uzunligi va oldkoʻkrak uzunligi oʻrtasida aniqlandi.