Ma'lumot

OZUQA RATSIONINING KIMYOVIY TARKIBI VA TOʻYIMLI MODDALAR HAZMLANISHIGA SUT ZARDOBINING TA’SIRI

Kuziyev M.S., Ergashev D. U.


Ushbu ilmiy maqolada ozuqa ratsionining kimyoviy tarkibi va sut zardobining toʻyimli moddalar hazmlanishiga koʻrsatadigan ta’siri  oʻrganilgan. Sut zardobi – sut sanoatining ikkilamchi mahsuloti boʻlib, tarkibida yuqori biologik qiymatga ega boʻlgan oqsillar, aminokislotalar, laktoza, mineral moddalar va vitaminlar mavjud. Ushbu komponentlar hayvon organizmida oziq moddalarning samarali hazm boʻlishiga, soʻrilishiga  modda va energiya almashinuv jarayonlarining faollashishiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Tadqiqotda Beliy gigant broyler bedana zotiga 15% nisbatda sut zardobi qoʻshilgan ratsionlar berilib, tajriba guruhlari shakllantirildi. Ular asosida ozuqaning kimyoviy tarkibining boyitilishi natijasida ozuqa ratsiyoning umumiy quruq modda, xom protein, xom yogʻ, xom kletchatka, azotsiz ekstraktiv modda hamda xom kulning miqdorilari aniqlanib, hazm boʻlish darajasi oʻrganilgan. Natijalarga koʻra, sut zardobi qoʻshilgan ozuqa ratsioni hayvonlarda ovqat hazm qilish fermentlarining faolligini oshirib, toʻyimli moddalar soʻrilishini sezilarli darajada kuchaytirgan. Bu esa oʻsish sur’atlari, mahsuldorlik koʻrsatkichlari va umumiy fiziologik holatning yaxshilanishiga olib kelgan. Shuningdek, sut zardobining ekologik jihatdan xavfsiz, arzon va oson hazm boʻladigan ozuqa komponenti sifatida ahamiyati ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalari chorvachilikda sifatli va samarali ozuqa ratsionlarini tuzishda, hayvonlarning salomatligi va mahsuldorligini oshirishda sut zardobidan keng foydalanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.



None

63 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish