Ma'lumot

SOYA (GLYCINE MAX. (L.) MERR.) NAV NAMUNALARINING AYRIM MORFOXO‘JALIK BELGILARIGA Ƴ-GAMMA NURLARINING PAST KUCHLANISHLI TA’SIRINI O‘RGANISH

Kurbanbayev I.Dj., Soatova F.B.


Ushbu maqolada soyaning botanik va genetik kolleksiyasining ayrim  nav namunalari urug‘larini ekishdan oldin Ƴ-gamma nurlarining 50 grey kuchlanishda ishlov berishning soyani unuvchanligiga va ayrim morfoxoʻjalik belgilariga ta’sirini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida tajribaning nazorat va ekishdan oldin Ƴ-gamma nurlarining 50 grey kuchlanishda ishlov berilgan M1 avlod oʻsimliklarida ayrim morfoxoʻjalik belgilar, jumladan oʻsimlik boʻyi, bir oʻsimlikdagi boʻg‘in soni,  dukkak va hosil shoxlari soni kabi koʻrsatkichlar tahlil qilindi. Olingan natijalarga koʻra Ƴ-gamma nurlarining soyani oʻrganilgan nav namunalari M1 avlod oʻsimliklarida morfoxoʻjalik belgilarining  koʻrsatkichlariga turlicha ta’sir etganligi aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida ijobiy koʻrsatkichlar qayd etilgan oʻsimliklardan M2 avlod urug‘lari yig‘ib olinib keyingi tadqiqotlar uchun ajratildi.



None

147 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish