Ushbu ilmiy maqolada global axborotlashgan makonda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvi jarayonlarini rivojlantirish va uning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlari taraqqiyot garovi ekanligi yoritib beriladi, shu bilan birga, har qanday sharoitda ham mamlakatimizning barqaror ijtimoiy rivojlanishi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekanligi ilmiy-falsafiy tahlil qilinadi.