Ma'lumot

11-12 YOSHLI DZYUDOCHILAR EGILUVCHANLIGINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

O.Toshmurodov, T.Erkinov


Ushbu maqolada yosh dzyudochilarning egiluvchanligini rivojlantirish masalalari ilmiy va amaliy asoslangan holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida 11-12 yoshdagi 20 nafar dzyudochilarning egiluvchanlik ko‘rsatkichlari maxsus nazorat testlari orqali baholandi. Egiluvchanlikni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy metodika ishlab chiqilib, mos ravishda mashqlar majmuasi yaratildi. Natijalar nazorat va tajriba guruhlaridagi farqlarni tahlil qilish orqali metodikaning samaradorligini ko‘rsatdi. Dzyudo sporti jismoniy tayyorgarlikning asosiy komponentlarini o‘zida mujassamlashtirgan kurash turi bo‘lib, unda egiluvchanlik eng muhim jismoniy sifat hisoblanadi. Dzyudochilar musobaqa davomida murakkab texnik usullarni bajarishi uchun bo‘g‘imlarning harakatchanligi va mushaklarning elastikligi yuqori darajada bo‘lishi lozim. Ushbu maqolada 11-12 yoshli dzyudochilarning egiluvchanligini rivojlantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan metodika tavsifi va tadqiqot natijalari taqdim etiladi.



None

43 Ko'rishlar | 35 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish