Mazkur maqolada Birinchi Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi haqidagi konseptual qarashlar ham sinergetika talablari, ham sotsiologik tahlil usullari asosida bayon etiladi. Ushbu asardagi moddiy va ma’naviy hayot inson, xalq va jamiyat taraqqiyotining bamisoli qo‘sh qanoti ekani, shu omil birgalikda harakat qilgan taqdirdagina rivojlanish, o‘sisho‘zgarish bo‘lishi haqidagi fikrlar maqolada atroflicha tahlil etiladi. Bu xulosalar sinergetik fikrlashning yaqqol namunasi ekani ta’kidlanadi.