Globallashuv davrida jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni falsafiy jihatdan anglash, shu asosda yoshlarning zamonaviy dunyoarashini uzluksiz tarzda shakllantirib, rivojlantirib borish masalasi falsafiy ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortib borishiga olib kelmoqda. Shu sababli ushbu ilmiy maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy konseptual asoslarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash masalasi yuzasidan ilmiy-amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan fikrlar bayon qilingan.