Ushbu maqolada Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi tarixi arxiv manbalari va asarlar, boshqa birlamchi tarixiy manbalarga tayangan holda yoritilgan. Yurtimizda sovetlar hokimiyati davrida ko‘zi ojizlar jamiyati va kutubxonasi tuzilishi, sohaga oid Qaror va Nizomlar, maxsus maktablar tashkil etilishi, brayl yozuvida kitoblar nashr qilinishi, bosmaxona tashkil etilishi, fidoiy xodimlar faoliyati alohida yoritilgan. Tarixshunoslik masalalari va adabiyotlar tahlili asosida, 1962–1991-yillarda Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonalarining rivojlanib, kitob fondlarining ortib borganligi xulosa qilindi.