Mazkur maqolada davlat suverenitetining jamiyat milliy manfaatlarini shakllantirish va himoya qilishdagi ahamiyati siyosiy va ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Maqolada davlat suverenitetining bugungi kundagi ahamiyati uni ta’minlashdagi zaruriyat masalasi ochib berilgan. Qolaversa, maqolada davlat suverenitetini ta’minlash va unga doir xalqaro tajribalarning roli ham keltirib o‘tiladi. Maqolani yoritishda tizimli tahlil, mantiqiylik, qiyosiy-huquqiy, statistik tadqiqot kabi usullaridan foydalanilgan.