Ushbu maqolada die Mutter va ona terminlari lingvomadaniy o‘ziga xosliklari nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, ushbu atamalar ishtirokida hosil bo‘lgan otlarga nemis va o‘zbek xalqlari ongida qanaqa belgilar berilganligi o‘rganiladi. Fanlarning muayyan sohalariga oid nemis va o‘zbek tillaridagi terminlarda ona metaforasining qo‘llanish jarayonlarida kuzatiladigan semantik farqlar yoritib beriladi.