Ma'lumot

SAMARQANDDAGI QORAXONIYLAR DAVRI HUNARMANDLAR MAHALLALARI: MADANIY MEROS VA ETNOARXEOLOGIK TAHLIL

A.A.Nazarov


Mazkur maqolada Samarqand shahrining Qoraxoniylar davri (XI–XIII asrlar) hunarmandlar mahallalari arxeologik manbalar asosida oʻrganilgan. Afrosiyobda olib borilgan qazishmalar natijalariga tayanib, shaharda kulolchilik, temirchilik, shishasozlik, toʻqimachilik va qogʻoz ishlab chiqarish sohalari faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada hunarmandlar mahallalarining topografiyasi, ustaxonalarning tuzilishi, ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlar tipologiyasi yetakchi manbalar asosida chuqur yoritilgan. Shuningdek, hunarmandchilikning shahar infratuzilmasi, iqtisodiyoti va madaniy merosda tutgan oʻrni etnoarxeologik va sosiomadaniy yondashuv asosida tahlil qilingan. Kamroq o‘rganilgan sohalar – toʻqimachilik va qogʻoz ishlab chiqarish boʻyicha mavjud ilmiy muammolar koʻrsatilib, ularni hal etish uchun metodologik takliflar berilgan. Maqola arxeologiya, tarix, madaniy merosni muhofaza qilish va shaharsozlik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.



None

38 Ko'rishlar | 20 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish