Ma'lumot

GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLARNI TURLI TAHDIDLAR TAJOVUZIDAN HIMOYALASHNING FALSAFIY XUSUSIYATLARI

A.R.Samadov, A.O.Mamatov, I.S.Ziyatova


Mazkur maqolada bugungi globallashuv davrida yoshlarni ongiga tez kirib boruvchi buzg‘unchi axborotlardan asrashning ustuvor xususiyatlari ilmiy tahlil qilindi. Globallashuvning ma’nosi – butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonini anglatadi. Eng e’tiborli xususiyati shundaki, xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega hamda bu har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.



None

74 Ko'rishlar | 79 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish