Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining innovatsion-ekologik kompetentligini rivjlantirish tamoyillari hamda ularning mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, ekologik ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish hamda ta’lim oluvchilarda ekologik madaniyat, ekologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha pedagog olimlar tomonidan borilgan ilmiy izlanishlar, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarning oldini olish borasida olib borilayotgan islohatlar tahlili amalga oshirilgan. Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida innovatsion-ekologik kompetentlikni shakllantirish tamoyillarining umumiyligi tashqi va ichki dialektikaga, ijtimoiylashuv va shaxsning subyektivligini shakllantirish sharti sifatida ijtimoiy va subyektiv munosabatlarga asoslanganligi hamda talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish zarurati aniqlangan.