Ma'lumot

INSON SALOHIYATINI YUKSALTIRISHGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI

Kulbekova Nasiba


Ushbu maqolada inson salohiyatini yuksaltirishga oid nazariyalar tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Insonning intellektual, ma’naviy va kasbiy rivojlanishi ta’lim tizimi orqali shakllanishi, bu jarayonning turli falsafiy va ilmiy yondashuvlar asosida qanday rivojlanganligi yoritiladi.

Tadqiqotning dastlabki qismida inson salohiyatini rivojlantirishga oid Sharq mutafakkirlarining fikrlari, bilish jarayoni, axloqiy yetuklik va ta’lim tizimi bilan bog‘liq qarashlari tahlil qilinadi. Ushbu davrda insonning tafakkurini kengaytirish, ilmiy bilish metodlari va axloqiy tarbiya ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida qaralgan. Shuningdek, ta’lim va inson imkoniyatlarini oshirishga oid qadimiy sharqona qarashlar hamda ularning jamiyat rivojiga ta’siri o‘rganiladi.

Maqolaning keyingi qismida zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Jumladan, inson ehtiyojlari iyerarxiyasi, kognitiv rivojlanish, tajriba asosida o‘rganish, ijtimoiy ta’lim nazariyalari o‘rganiladi. Ushbu yondashuvlar inson salohiyatining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va zamonaviy ta’lim tizimida qanday qo‘llanilayotganligi tahlil qilinadi.

 



None

68 Ko'rishlar | 41 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish