Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash, nazorat qilish va boshqarishda asosan ikkita omilning o‘rni nihoyatda zarur. Bu omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri OTMning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan ichki omillar bo‘lsa ikkinchisi oliy ta’lim muassasiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillardir. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilishda ichki va tashqi komponentlarining vazifalari va funksiyasi ilmiy asoslab berilgan.