Quyidagi maqolada zamonaviy oliy ta‘lim o’quv jarayonida innovatsion usullar va texnologiyalarni samarali tanlash, elektron ta’limning ahamiyati, aralash ta’lim tushunchasi va uning modellari haqida mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, qarashlari bayon etilgan. Shuningdek, aralash ta’limning mamlakatimiz va jahon miqyosidagi ahvoli, zamonaviy davrda aralash ta’limni joriy etishning foydalari, aralash ta’limning keng tarqalgan modellari va ularning o‘quv jarayonida qo‘llanilishining afzalliklari, kamchiliklari va usullari tahlil qilinadi. 2020-yilda sodir bo‘lgan karantin sharoitida aralash ta’lim modellari keng tarqaldi. Barcha talabalar darslarni onlayn platformalar orqali o‘zlashtirish uchun raqamli vositalardan foydalanishga majbur bo‘ldilar. Undan tashqari maqolada aralash ta’lim modellari, jumladan, ushbu modellarni tatbiq etishning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Aralash ta’lim texnologiyalari o‘qitish jarayonida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi, shaxsiy aloqalarni kuchaytiradi, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga imkon yaratadi va elektron ta’limda ta’limning individualligi, moslashuvchanligi va interaktivligini ta'minlaydi. XXI asrda raqamli texnologiyalarning paydo bo‘lishi va kundalik hayotning har bir jabhasida smartfonlar, noutbuklar va planshetlardan foydalanish odatiy holga aylangani ta’limning ushbu turini asta-sekin Oliy ta’limning asosiy tuzilmasiga kiritdi.