Ushbu maqolada Chor imperiyasi egallab olgan Turkiston hududida o‘zlarining boshqaruv faoliyatini o‘rnatishi, asosiy maqsadi bo‘lgan paxta siyosatini yuritishi, shu bilan birga bu siyosatni amalga oshirishda bevosita bosh bo‘lgan “Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi” faoliyati haqida gap boradi, XIX asr oxiri XX asr boshlarida hududlar kesimida yetishtirilgan paxta miqdori haqida ma’lumotlar jamlangan. Bu jarayon, ayniqsa, hududiy jihatdan muhim o‘ringa ega bo‘lgan Samarqand viloyatida keng tarzda amalga oshirilib borilgan. Shu bilan birga, ushbu maqolaning asosida viloyat paxtakorlarining og‘ir hayoti, hukmron kuchlar va mahalliy sudxo‘rlar tomonidan asoratga solinishi, jabr-zulmning oqibatlari xususidagi ma’lumotlar yotadi.