Ma'lumot

JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN QAYTGAN YOSHLAR TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI

Sh.Xasanov


Mazkur maqola “Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlar tushunchasining mazmun-mohiyati” deb nomlangan bo‘lib, jamiyatning rivojida yoshlarning oʻrni, Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasi haqidagi fikrlari, G‘arb olimlarining deviant xulq-atvor haqidagi qarashlari, tarixdagi jazolash usullari, jazolashdan koʻzlangan maqsad, jazoni ijro etish muassasasi turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga, yoshlar kelajagimiz tayanchi ekanligi, har bir mamlakatning kelajagi uning yoshlariga bogʻliqligi, ammo bugun yoshlarimiz orasida jinoyat koʻchasiga kirib qolgan, jazo muddatini oʻtab qaytgan hamda jamiyatda oʻz oʻrnini topa olmasdan qayta jinoyatga qoʻl urgan yoshlar haqida bayon etilgan.

Maqolada  shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni ijtimoiy hayotga reintegratsiyalash jarayonidagi, jamiyatning ularga nisbatan salbiy munosabati, ish topishda duch keladigan qiyinchiliklar, turli psixologik muammolar,   oʻqish va kasb egallash imkoniyatlarining cheklanganligi, oila va atrofdagilar bilan munosabatlarning murakkabligi kabi muammolar hamda ularning yechimlari toʻgʻrisidagi fikrlar yoritilgan.

Xulosa qismida jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlarni ijtimoiy hayotga reintegratsiyasi, yoshlar muammolarini bartaraf etish usullari boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.



None

60 Ko'rishlar | 77 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish