Mazkur maqolada tarixiy Sugʻd va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarining ilk davrlari tahlil qilingan. Ishda sugʻdiylarning Sharqiy Turkiston va Xitoyda olib borgan faoliyatlari va ushbu faoliyat davomida yaratilgan madaniyat toʻgʻrisidaga ma’lumotlar yozma manbalar asosida oʻrganildi. Sugʻdiylarning Xitoyga migrasiyasining ilk davri va u bilan bogʻliq manbalardagi ma’lumotlar tahlili ham maqola maqsadlaridan biriga aylangan. Shuningdek, sugʻdiylarning savodxonlik darajasi hamda ular tomonidan yaratilgan madaniy ilgʻor natijalarning Xitoyda yoyilganligi bilan bogʻliq holatlar oʻquvchi e’tiboriga havola etilgan. Bundan tashqari, tarixiy Xitoyning Chinonchkat shahridan topilgan sugʻdiy hujjatning tarixiy tahlili amalga oshirilgan va ushbu Xitoy shahrida sugʻdiylarning oʻrni toʻgʻrisida ma’lumot berilgan. Xulosada esa muallif sugʻdiylarning Buyuk ipak yoʻlidagi oʻzaro iqtisodiy va madaniy almashinuv jarayonlarida tutgan oʻrniga doir bir qancha mustaqil fikrlarni ilgari surgan.