Ushbu maqolada toponimiya, toponimlar, Samarqand, Registon, Afrosiyob nomlarining kelib chiqish tarixi, xususan, atalishi sabablari haqida ilmiy manbalarga tayanilgan holda atroflicha fikr yuritilgan. Samarqand, Registon, Afrosiyob toponimlarining ma’nosi va qanday vujudga kelgani xorijiy va o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib adabiyotlar asosida izohlangan. Ko‘p izlanishlarning davom etayotganligi shahrimizga bo‘lgan e’tiborning naqadar kuchli ekanligidan dalolat berishi, bu joy hech bir tadqiqotchining e’tibor markazidan chetda qolmaganligi qayd etilgan. Samarqand doimo diqqat markazida bo‘lib kelganligi va shu yerda yashovchi aholi bu yerda istiqomat qilganlaridan faxrlanganliklari aytilgan. Ba’zi joy nomlarining ma’nolari haqida manbalarda har xillik kuzatilishi haqida ham to‘xtalgan. Samarqand juda qadimiy tarixga ega bo‘lib, u toponimlarga boyligi, ayniqsa, mana shu hududning Samarqand, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Narpay, Paxtachi, Toyloq, Urgut tumanlarida juda katta tarixga ega joy nomlari ko‘pligi haqida ham fikr yuritilgan. Samarqanddagi Registon ansambli yirik arxitektura inshooti sifatida butun dunyoda mashhurligi, Registon sahro, cho‘l, biyobon, qumloq joy ma’nolarini anglatishi va Qarshi atrofida ham shu nom bilan ataladigan maydon borligi, Afrosiyob nomi XVII asrdan boshlab yozma manbalarda uchray boshlashi, bunga qadar bu joy “Hisori Ko‘hna”, “Qal’ai ko‘hna” nomlari bilan tilga olinganligi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Ushbu maqoladan Samarqand, Registon, Afrosiyob nomlarining kelib chiqish sabablariga qiziquvchi barcha kitobxonlar o‘zlarini o‘ylantirgan savollarga javob topishlari mumkin.