Ma'lumot

LIRIKADA ILTIJO KONSEPTINI IFODALAYDIGAN JANRLAR

NABIYEVA Nodira Sаidovnа


Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida ayollar ijodida iltijo konseptining aks etishi tahlil etiladi. Zulfiyaxonim Isroilova, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdiyeva, Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalar ijodida iltijo konseptining turli ko‘rinishlari yoritilgan. Ushbu konsept she’riyatda Ollohga nola qilish, uzr so‘rash, tushkunlik va sevgi izhori kabi turli hissiy holatlarni o‘z ichiga oladi. Muallif Saida Zunnunova va Zebo Mirzo she’rlarini tahlil qilib, lirik qahramonlarning tuyg‘ulari qanday ifodalanganligini ko‘rsatadi. Lirika inson ruhiyatini ochishda muhim ahamiyat kasb etishi va iltijo konsepti she’riyatda chuqur falsafiy hamda hissiy ma’noga ega ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot davomida iltijo konseptining badiiy jihatlari ham o‘rganilib, she’riyatdagi o‘ziga xosligi ochib beriladi.



None

66 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish