Ma'lumot

AKADEMIK AHMADALI ASQAROVNING YETUK ARXEOLOG SIFATIDA SHAKLLANISH YO‘LI

KARIMOVA Dilafro‘z Obidjonovna


Maqola O‘zbekistonda arxeologiya ilmining shakllanishi, bu yo‘lda faoliyat olib borgan olimlar haqidagi ma’lumotlar bilan boshlangan. O‘zbek arxeologlarining ustozi Yahyo G‘ulomov faoliyatiga e’tibor qaratilgan. Chunki, u bugungi kunning akademik darajasiga yetib kelgan arxeolog olimlarning ustozi, birinchi o‘zbek akademik arxeologi sifatida tarixda qolgan. Maqolaning asosiy qismi O‘zbekistonning yetuk arxeologlaridan biri, akademik Ahmadali Asqarovning arxeologiya sohasiga kirib kelish yo‘li, talabalik davridagi ilmga bo‘lgan intilishlari, uning mutaxassis sifatida shakllanish yo‘li, ustozlar maslahatiga amal qilgan holda bugungi kunda jahon tan olgan arxeolog sifatida shakllanishi yoritilgan.

Ahmadali Asqarovning arxeologiya faniga qo‘shgan ilmiy hissasi, arxeologik tadqiqotlar va ularning o‘tkazilgan arxeologik ekspeditsiyalardagi amaliy natijalari, shuningdek, uning keng qamrovli tadqiqot ishlari batafsil bayon etilgan. Olimning ilmiy yo‘nalishlaridagi katta yutuqlari O‘zbekistonning bronza davri yodgorliklari bilan bog‘liq bo‘lib, Zamonbobo, Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari orqali arxeologik merosi tahlil qilinib, O‘zbekiston madaniy-tarixiy yodgorliklarini o‘rganishga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Akademik bilan o‘tkazilgan ijodiy suhbatlar natijasida olingan axborotlariga asoslangan holda, maqolada uning faoliyatini va arxeologiya sohasidagi yutuqlarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, Samarqanddagi Arxeologiya institutini tashkil etishda Ahmadali Asqarovning tashabbusi ko‘rsatib berilgan.



None

75 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish