Ma'lumot

KUL TIGIN BITIGTOSHI VA O‘ZBEK TILI SHEVALARI

Baxtiyor ABDUSHUKUROV


Ushbu maqola ko‘k turk yozuvida bitilgan manbalardan biri sifatida turkiy xalqlar va ularning tili tarixida muhim o‘rin tutgan Kul tigin bitigtoshidagi ayrim leksemalarning o‘zbek tili shevalariga munosabatiga bag‘ishlanadi. Kul tigin bitigida ifodalangan istilohlar doirasida kechgan fonetik, leksik o‘zgarishlar o‘zbek tili shevalarida qo‘lllangan leksemalar bilan qiyosiy tahlillar yordamida yoritilgan. Shuningdek, maqolada tadqiqot obyekti qilib olingan so‘zlar To‘nyuquq, Turfon matnlari, eski turkiy til (“Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit-turk”, “Tafsir”,  “Qisasi Rabg‘uziy”), eski o‘zbek adabiy tili manbalari (Alisher Navoiy asarlari, “Shajarayi turk”)da aks etgan leksik birliklar bilan taqqoslab o‘rganilgan. Natijada o‘rtada qariyb o‘n uch asrga yaqin muddat bo‘lishiga qaramay qiyosiy tahlilga tortilgan so‘zlarning talay qismi bugun o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishda bo‘lmasa-da, o‘g‘uz, qipchoq, qarluq shevalarimizda ishlatilib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.



None

79 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish